Ulgurji buyurtmalar — chatlarsiz
Yakluxt ulgurji savdogarlar va ularning mijozlarini bitta qulay ilovada birlashtiradi. Mijozlar Telegram orqali buyurtma beradi, siz esa har bir buyurtma va mijoz tarixini bir joyda ko'rasiz.
Bugun buyurtmalar qanday qabul qilinadi?
Telefon va Telegram chatlari
Buyurtmalar o'nlab chatlarda, ovozli xabarlarda va qo'ng'iroqlarda yo'qolib ketadi.
Tarix yo'q
Kim nimani, qachon va qanchaga olgani hech qayerda yozilmaydi.
Mahsulot tugab qolsa
Mijoz buyurtma bergandan keyin mahsulot yo'qligi ma'lum bo'ladi va yana qo'ng'iroqlar boshlanadi.
Qanday ishlaydi
- 1
Katalogni qo'shasiz
Mahsulotlar, narxlar va o'lchov birliklari: kg, dona yoki quti. Mavjud yoki tugaganini bir tugma bilan belgilaysiz.
- 2
Mijozlarni taklif qilasiz
Do'kon havolasini Telegramda yuborasiz. Mijoz do'kon nomi, telefon va mo'ljalni kiritadi, siz tasdiqlaysiz.
- 3
Buyurtmalarni qabul qilasiz
Mijoz Telegram ichida buyurtma beradi. Sizga darhol xabar keladi: omborni tekshirasiz, tasdiqlaysiz va yetkazasiz.
Buyurtmaning yo'li
Har bir qadamda mijozga Telegram orqali xabar boradi.
Biror mahsulot tugagan bo'lsa, mijoz o'zgarishni tasdiqlaydi yoki buyurtmani bekor qiladi — qo'ng'iroqlarsiz.
Ulgurji sotuvchilar uchun
- Barcha buyurtmalar bitta ro'yxatda, holatlar bo'yicha
- Yangi buyurtma haqida Telegram bot va telefon bildirishnomasi
- Bir nechta menejer, asosiy menejer boshqaradi
- Har bir mijozning buyurtmalari va xaridlari tarixi
- Haftalik va oylik savdo hisoboti
- Kompyuterda ham, telefonda ham ishlaydi
Mijozlar uchun
- Telegramdan chiqmasdan buyurtma berish
- Oldingi buyurtmani bir tugma bilan takrorlash
- Buyurtmani tasdiqlanguncha o'zgartirish
- Yetkazib berish yoki o'zi olib ketish
- Haftalik va oylik xarajatlar tarixi
- O'zbekcha (lotin va kirill) va ruscha
Mijozlar ulgurji sotuvchi yuborgan do'kon havolasini bosib kiradi — ilova @yakluxtbot ichida ochiladi.
@yakluxtbot ni ochishKerakli hamma narsa — ortiqchasiz
Telegram Mini App
Mijozlarga yangi ilova o'rnatish shart emas — hammasi Telegram ichida.
Uch tilda
O'zbekcha lotin, o'zbekcha kirill va ruscha. Mahsulot nomi kirillga avtomatik o'giriladi.
kg, dona, quti
Har bir mahsulot o'z o'lchovida: 2,5 kg guruch yoki 3 quti yog'.
Ombor nazorati
Tugagan mahsulot katalogda darhol belgilanadi va buyurtma berib bo'lmaydi.
Bildirishnomalar
Menejerlar botdan va telefon bildirishnomasidan, mijozlar esa Telegramdan xabar oladi.
Xavfsiz
Telegram orqali tasdiqlangan kirish, himoyalangan parollar va har kuni zaxira nusxa.
Pilot bosqichi — bepul
Hozir biz birinchi ulgurji sotuvchilar bilan ishlayapmiz. Ulaning, sinab ko'ring va fikringizni ayting.
- Ulash va sozlashda yordam
- Katalogni yuklashda yordam
- To'lov: yetkazib berilganda (naqd, karta yoki o'tkazma)
Ko'p beriladigan savollar
Mijozlarim nimani o'rnatishi kerak?
Hech narsa. Ular Telegramdagi havolani bosadi va ilova Telegram ichida ochiladi.
Ilovadan qaysi mahsulotlar uchun foydalanish mumkin?
Istalgan ulgurji mahsulotlar uchun. Hozir oziq-ovqat ulgurji savdosidan boshlayapmiz.
Onlayn to'lov bormi?
Hozircha to'lov yetkazib berilganda amalga oshiriladi. Menejer to'lov turini belgilaydi: naqd, karta yoki o'tkazma.
Bir nechta menejer ishlashi mumkinmi?
Ha. Asosiy menejer boshqa menejerlarni qo'shadi va kim bildirishnoma olishini tanlaydi.
Begona odam do'konimga kira oladimi?
Yo'q. Har bir yangi mijozni siz tasdiqlaysiz. Tasdiqlanmaguncha katalog ko'rinmaydi.
Buyurtmalarni chatlardan olib chiqamiz
Bir necha daqiqada ulanib, bugunoq birinchi buyurtmani qabul qiling.